Kanadaning Sent-Ketrins shahrida yashab kelgan shaxs 51 yoshida o‘zining asl ismini va kelib chiqishini esladi. CNN telekanali xabarida aytilishicha, u 1986 yilda, ya'ni 30 yil muqaddam xotirasini yo‘qotgandi.
Xabar qilinishicha, bu erkak ijtimoiy muassasaga kelgan va o‘z ismi Edgar Latyulipligini, yoshligida Kitchener shahrida yashaganini aytgan. 1986 yilda u 21 yoshda bo‘lgan va u aqli noqislikdan aziyat chekkan. U tug‘ilgan shahridan Niagara sharsharasi tomon ketayotganida boshidan jarohat olgan va barchasini unutgan.
Uzoq vaqt qidiruvlardan keyin uning onasi taqdirga tan berib, o‘g‘lining jinoyatchilar tomonidan o‘g‘irlab ketilgani haqidagi taxminga ko‘ngan.
30 yil davomida bedarak ketgan deb hisoblab kelingan bu shaxs Sent-Ketrins shahrida yashab va ishlab kelgan. Sent-Ketrins va Kitchener shaharlarini avtomobilda 1,5 soat ichida bosib o‘tish mumkin bo‘lgan masofa ajratib turadi.