O‘zbekistondagi ikkinchi eng yirik bank – “Asaka” boshqaruvi raisi Qahramon Oripov valyuta jinoyatlarida ayblanib hibsga olindi, deb xabar berdi Bosh prokuratura vakili.
“Oripov valyuta jinoyatlari va jinoiy daromadlar legalizatsiyasi bilan bog‘liq jinoiy ish bilan bog‘liq ravishda hibsga olindi”, - uning so‘zlarini keltiradi Sputnik agentligi.
Aytilishicha, prokurorlik taftishi chog‘ida bankning valyuta-kredit operatsiyalari bilan shug‘ullanuvchi ikki top-menejyeri ishdan bo‘shatilgan. Ayni paytda ular bu ish bo‘yicha guvoh sifatida qatnashmoqda.
O‘tgan hafta O‘zbekiston hukumati Oripovni lavozimidan ozod qilgani ma'lum bo‘lgan edi.