«Pari Sen-Jyermen» jamoasining argentinalik hujumchisi Esekel Lavessi Xitoyning «Xebey Forchun» jamoasi taklifini qabul qilgan. Bu haqda 11 fevral kuni Lequipe nashri xabar tarqatdi.
30 yoshli futbolchi yozda erkin agentga aylanishi mumkin edi. Shu tufayli parijliklar uni 6 mln yevro evaziga sotishga rozi bo‘lishgan.
Bundan oldinroq, Lavessi Xitoyning «Shanxay Shenxua» jamoasidan tushgan taklifni rad etib, Italiyaning «Inter» jamoasiga o‘tish variantini ko‘rib chiqayotgani xabar qilingandi. Shuningdek, uning «Chelsi»ga o‘tishi haqida xabarlar berilgandi.
Lekin keyingi kunlarda Xitoyning yana bir jamoasi «Xebey Chayna Forchun» varianti paydo bo‘lgan va bu jamoa futbolchiga 2 yillik shartnoma taklif qilib, unga yiliga 15 mln yevrodan maosh to‘lashga rozi bo‘lgan.
Bundan oldinroq, «Xebey Chayna Forchun» Gael Kakuta («Sevilya»), Stefan Mbia («Tabzonspor») va Jyervinoni («Roma») xarid qilib ulgurgandi.
«Xebey Chayna Forchun» Lavessini xarid qilib, unga yiliga 15 mln yevro maosh to‘lamoqchi
Lavessi Xitoyning "Shanxay Shenxua" klubiga o‘tishga rozilik berdi
Lavessi Xitoy jamoasiga o‘tib, katta pul topishdan ko‘ra "Inter"da o‘ynashni ma'qul ko‘rmoqda