Interpol Mixail Xodorkovskiyni xalqaro qidiruvga berdi

Jahon 14:14 / 11.02.2016 4065

YuKOSning sobiq rahbari, rossiyalik muxolif siyosatchi Mixail Xodorkovskiy Nefteyugansk hokimi Vladimir Petuxovni o‘ldirganlikda ayblanib, Interpol tomonidan xalqaro qidiruvga berildi. Bu haqda Interfaks agentligi xabar bermoqda.

“Interpolning Rossiyadagi milliy byurosi Rossiya Bosh prokuraturasi va Tergov qo‘mitasidan kelgan rasmiy materiallar asosida Xodorkovskiyni xalqaro qidiruvga berdi. Tegishli qaror Interpolning Liondagi markaziy byurosiga yo‘llandi”, - deyiladi xabarnomada.

Aytilishicha, Interpolning markaziy ofisi Rossiya byurosining sirkulyarini ko‘rib chiqib, qarorni ma'qullagan.

Ko‘proq yangiliklar: