Ar-Riyod koalitsiya qaror qabul qilishi bilanoq Suriyaga qo‘shin yuboradi

Jahon 23:16 / 11.02.2016 3629

Saudiya Arabistoni IShIDga qarshi kurashayotgan xalqaro koalitsiya Suriyaga qo‘shin kiritish qarorini qabul qilishi bilanoq u yerga qo‘shinlarini yuborishga tayyor. Bunday bayonot bilan 11 fevralda qirollik mudofaa vaziri maslahatchisi, Yamanga yordam berish bo‘yicha "arab koalitsiyasi"ning vakili general Ahmad Asiriy chiqdi, deb xabar bermoqda Al Arabiya telekanali.

"Biz alyans qaror qabul qilishi bilanoq qo‘shinlarni yuborishga tayyormiz. Biz ittifoqchilarimiz bilan birga Suriya va Iroqda IShIDni yutish uchun birgalikdagi ishimizni davom ettiramiz. Qirollikning qo‘shinlarining quruqlikdagi operatsiyada ishtirok etishini e'lon qilishi – qayta ko‘rib chiqilmaydigan qarordir", deb aytdi Asiriy.

Asiriy Suriyaga quruqlikdan kirish "xatarli" ekanligini tan oldi. "Ha, istalgan boshqa harbiy operatsiyadagi kabi xatarlar mavjud", deb ta'kidladi Asiriy va "Suriyada hozirda hech qanday kuch IShID bilan kurashmayotgani" haqidagi fikrni bildirdi. Uning aytishicha, Suriya va Iroqda harakat qilayotgan eronliklar "terrorchilarni qo‘llab-quvvatlamoqda".

Ko‘proq yangiliklar: