Zimbabve prezidenti Robert Mugabe mamlakatda qishloq xo‘jaligi sohasi qurg‘oqchilikdan zarar ko‘rayotgani munosabati bilan favqulodda holat e'lon qildi.
Ayni vaqtda mamlakat aholisining 26 foizi oziq-ovqat mahsulotlari yetishmovchiligi muammosiga to‘qnash kelgan.
Favqulodda vaziyat haqida e'lon qilish orqali xalqaro hamjamiyat e'tiborini muammoga qaratish ko‘zda tutilgan.