"Zenit" futbolchisi Oleg Shatov o‘z ona shahri Nijniy Tagilga 15 mln rubllik stadion qurdirib bermoqchi.
Rossiya terma jamoasining 25 yoshli yarimhimoyachisi Nijniy Tagilning Rudnik tumanida futbol maydoni qurishga qaror qildi va mahalliy sport amaldorlaridan buning uchun 15 mln rubl atrofidagi loyihani tuzishni so‘radi.
Hozirda shahar hokimiyati maydon uchun mos yer va sarf-xarajatlar smetasini tuzmoqda, shuning uchun bo‘lg‘usi stadionning aniq ko‘rsatkichlari noma'lum. Biroq unda aniq yugurish yo‘lagi bo‘lishi aytilmoqda.
"Yedinaya Rossiya" partiyasi bu maydonda vorkaut uchun uskunalarga (turli jismoniy mashqlar bajarish uchun turnik, bruslar va hokazo anjomlar) partiya dasturi bo‘yicha 700 ming rubl ajratadi. Maydon turli tajovuzlardan himoya qilish maqsadida panjara bilan o‘raladi, biroq tuman aholisi uchun stadionga kirish erkin bo‘ladi. Futbol maydonini joriy yildayoq qurish rejalashtirilmoqda.
Bundan tashqari, Shatov Rudnikda yangi maydonda shug‘ullanadigan futbol seksiyasiga asos solmoqchi.
Joriy yilda Nijniy Tagilda Shatov nomidagi futbol musobaqasi bo‘lib o‘tdi. Shahar jismoniy tarbiyani rivojlantirish boshqarmasida Shatovga bu musobaqani an'anaviy tarzda o‘tkazish taklif qilindi va futbolchi bu musobaqaga homiylik qilishga roziligini berdi.