Yaponiyada Shimoliy Koreya tomonidan raketa uchirilishidan favqulodda ogohlantirish bo‘yicha mashg‘ulotlar o‘tkazildi

Jahon 11:07 / 05.02.2016 2354

Yaponiyaning Okinava prefekturasida Shimoliy Koreya tomonidan raketa uchiriladigan bo‘lsa, bundan favqulodda ogohlantirish bo‘yicha o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazildi. Bu haqda mahalliy rasmiylar habar berdi.

Ta'kidlanishicha, bu mashg‘ulotlarda tabiiy fojialar va favqulodda vaziyatlarda ishlatiladigan favqulodda ogohlantirish milliy tizimi J-Alert jalb qilindi. O‘quv mashg‘ulotlari davomida Okinava ma'muriy markazi bo‘lgan Naxa shahri meri Tokiodan raketa uchirilgani haqida o‘quv signali olgan. Shundan keyin bu signal barcha mahalliy davlat idoralariga yuborilgan. Xabar olingandan keyin bir daqiqa o‘tib prefekturaning jamoat joylari va maktablarida ovoz kuchaytirgichlar orqali bu haqda xabar berila boshlangan.

Yaponiya Vazirlar Mahkamasi bosh kotibi Yosixide Suganing aytishicha, Yaponiya "mamlakat fuqarolarining xavfsizligini ta'minlash uchun barcha choralarni ko‘rishni davom
ettiradi". Bunday choralardan biri "J-Alert tizimi ishini tekshirish" hisoblanadi.

2 fevralda Shimoliy Koreya Elektr aloqa bo‘yicha xalqaro ittifoq va Xalqaro dengiz tashkilotini 8 fevraldan 25 fevralgacha oraliqda sun'iy yo‘ldosh uchirishni rejalashtirayotganidan xabardor qilgan.

Ko‘proq yangiliklar: