Agar siz Xitoydagi avialiniyalar orqali parvoz qilgan bo‘lsangiz, ming tavoze va ochiq chehra bilan sizga qahva quyib bergan ko‘rkam styuardessalar yodingizda qolgan bo‘lsa kerak. Lekin ular bu ishga o‘tgunlariga qadar qanday murakkab jismoniy-ruhiy tayyorgarlikdan o‘tganini xayolingizga ham keltirmagansiz. Bu kasbda chiroyning o‘zi eng muhim ahamiyat kasb etmaydi.
E'tiboringizni Xitoyda styuardessalarning qanday tayyorlanishiga qaratamiz.
Siz suratda ko‘rib turgan qizlar Xitoyning Sichuan provinsiyasidagi Fuqaro aviatsiyasi kolleji talabalari—bo‘lajak bort kuzatuvchilar. Ular oddiy daraxt novdasini tishlab olgan. Bu doimiy chiroyli tabassumga o‘rgatish mashqi uchun. Bosh ustidagi jurnal ham shunchaki emas. Undan qizlarning qomatini adl va to‘g‘ri tutishlariga o‘rgatishda foydalaniladi.
Qomatni to‘g‘ri va rost tutish styuardessalar uchun juda muhim. Buning har tomonlama mukammal bo‘lishi uchun turli usullardan foydalaniladi: qizlar boshiga qo‘yilgan shisha idish ham shu maqsadga xizmat qiladi. Ular har kuni uch daqiqa shisha bilan mashg‘ulot o‘tkazishadi.
Bo‘lajak styuardessalar A4 o‘lchamidagi qog‘ozni oyoqlari orasida tutib turishlari kerak. Bu to‘g‘ri turishga o‘rgatadi.
Darslarda parvoz etiketlariga xos barcha xatti-harakatlar o‘rgatiladi.
Xavfsizlik borasidagi saboqlar ham shular jumlasidan. Bu uchun alohida darslar belgilangan. Bort kuzatuvchilari kung-fu hamda taekvondo kabi jang san'ati turlarini ham o‘zlashtirishlari kerak.
Ba'zi jang san'ati usullari ochiq maydonda o‘tkaziladi va bu harbiy askarlar saboqlarini yodingizga soladi. Styuardessalarning shunday mashg‘ulotlar bilan shug‘ullanishiga ishonishingiz qiyin, albatta. Lekin bu haqiqat.
Ochiq havoda qizlar turli sinovlardan o‘tishadi. Jumladan, sovuq qurollarga qarshilik va zarbani bartaraf etish usullari. Bitiruv imtihoni ham oson kechmaydi: styurdessalar bitta qo‘l bilan chinni idishni bir urinishda sindirishlari talab etiladi.
Shuningdek, real sharoitlarda havo kemasidagi bezorilarni zararsizlantirish darslariga ham alohida urg‘u beriladi.
Bu dilbar va xushbichim qizlar sizga parvoz chog‘ida hamrohlik qilib borish uchun mashaqqatli sinovlar va jiddiy tayyorgarlikdan o‘tishgan.