Xitoy suriyalik qochqinlar uchun 10 ming tonna oziq-ovqat mahsulotlari ajratadi

Jahon 11:42 / 05.02.2016 2118

Xitoy suriyalik qochqinlarga ko‘mak ko‘rsatish uchun 10 ming tonna oziq-ovqat mahsulotlari ajratadi. Bu haqda XXR Tashqi ishlar vaziri Van I Suriya bo‘yicha donor-mamlakatlar konferensiyasidagi ma'ruzasida e'lon qildi, deya xabar bermoqda TASS.

“Xitoy tomoni suriyalik qochqinlardagi oziq-ovqat yetishmovchiligi masalasini yechishda ko‘maklashish maqsadida 10 ming tonna mahsulotni xayriya sifatida taqdim etadi”, - dedi u.

“Suriyadagi gumanitar masalalarni yechimi sifatida nafaqat favqulodda yordam ko‘rsatish, balki ularning tub ildizlarini bartaraf etish nazarda tutilmoqda”, - deya qayd etdi vazir. Uning so‘zlariga ko‘ra, Suriyadagi turli tomonlar BMT rezolyutsiyasidagi vazifalarni bajarishlari, ehtiyojmandlarga gumanitar yordamdan foydalanishlarini ta'minlash va insonparvarlik yuklarining tezda yetib borishiga yo‘l qo‘yishlari lozim.

Van I bu borada xalqaro hamjamiyat vazifasini tilga olar ekan, Suriya mojarosining siyosiy yo‘l bilan hal etilishi bo‘yicha olib borilayotgan ishlarni kuchaytirish lozimligini ta'kidlab o‘tdi. “Tinch muzokaralarning qayta yo‘lga qo‘yilishi – Suriyada siyosiy jarayonlarning hal qiluvchi qismidir”, - dedi xitoylik vazir.

Suriya bo‘yicha donor-mamlakatlar konferensiyasi ishtirokchilari insonparvarlik ehtiyojlari va Suriyadagi qurolli mojarolar oqibatlarini bartaraf etish uchun umumiy 10,7 milliard dollar ajratilishiga kelishib olishdi. Xususan, Britaniya bosh vaziri Devid Kemeron Yaqin Sharq mintaqasida gumanitar amaliyotlar o‘tkazilishi uchun 2016 yilda 5,6 milliard, 2017-2020 yillar davomida esa yana 5,1 milliard dollar yo‘naltirilishini aytib o‘tdi.

Ko‘proq yangiliklar: