Rossiya Suriyadagi harakatlariga berilayotgan e'tiborni susaytirishga urinmoqda, deb xabar bermoqda Turkiya bosh vaziri Ahmet Dovudo‘g‘lu atrofidagi manbaga iqtibos keltirgan holda Reuters axborot agentligi.
Manba shu tariqa Rossiya mudofaa vazirligining Turkiya Suriyaga harbiy tajovuz qilishi ehtimoli haqidagi bayonotiga izoh berdi.
Avvalroq Rossiya mudofaa vazirligi rasmiy vakili general-mayor Igor Konashenkov Turkiya-Suriya chegarasida yuz berayotgan voqealar Turkiyaning Suriyaga bostirib kirishga jadallik bilan tayyorlanayotganidan darak berishini aytgandi.
Konashenkov Rossiya Mudofaa vazirligi xalqaro hamjamiyatga turk o‘ziyurar artilleriya qurilmalari Suriyaning Lataqiya viloyatidagi aholi punktlarini o‘qqa tutayotganini isbotlovchi videoyozuvlarni taqdim qilganini ta'kidlab o‘tgandi.