Toshkent viloyatining sobiq hokimi Ahmadjon Usmonov senatorlik vakolatidan mahrum bo‘ldi

O‘zbekiston 15:01 / 05.02.2016 27610

4 fevral kuni O‘zbekiston Markaziy saylov komissiyasida rais Mirzo-Ulug‘bek Abdusalomov rahbarligida majlis bo‘lib o‘tdi. Bu haqda MSK matbuot xizmati xabar berdi.

Majlisda O‘zbekiston Oliy Majlisining Senati a'zosi Ahmadjon Usmonovning xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashi deputati vakolati tugatilganligi munosabati bilan uning senatorlik vakolatini muddatidan ilgari tugatish to‘g‘risida masala ko‘rib chiqildi va tegishli qaror qabul qilindi.

Eslatib o‘tamiz, 4 fevral kuni Toshkent viloyati hokimligida Viloyat xalq deputatlarining navbatdan tashqari yig‘ilishida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov Toshkent viloyati hokimi Ahmadjon Usmonovni lavozimidan ozod etish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi. Uning o‘rniga shu vaqtgacha Zangiota tumanida hokim sifatida ishlab kelgan Sodiq Abdullayev yangi hokim etib tayinlandi.

Ko‘proq yangiliklar: