Ukrainaning "Shaxtyor" jamoasi o‘zining yetakchi futbolchilaridan biri, braziliyalik Aleks Teysheyra Xitoyning "Tszyansu Saynti" jamoasiga transfer qilingani haqida rasman xabar berdi.
Bundan oldinroq OAVla 26 yoshli bu futbolchi qishki transferlar uchun rekord darajadagi 50 mln yevro evaziga Xitoy jamoasiga o‘tgani xabar qilingandi.
Ko‘p o‘tmasdan, uning yangi jamoasidagi maoshi miqdori haqida ham norasmiy manbalarda xabar qilindi - yiliga 10 mln yevro.
Qayd etish kerakki, uning xizmatlariga Angliyaning "Chelsi" va "Liverpul" jamoalaridan taklif bo‘lgan, ammo futbolchi Xitoy chempionatini tanlagan.
Bir necha kun oldin ham, "Atletiko" hujumchisi Jyekson Martines 42 mln yevro evaziga Xitoyning "Guanchjou" jamoasiga o‘tish orqali qishki transferlardagi birinchi rekordni qayd etgandi.