Rossiyalik ekskavator haydovchisi ko‘chada o‘ynayotgan bolani qor uyumi ostida qoldirdi

Jamiyat 10:28 / 05.02.2016 4300

Rossiyaning Yekaterinburg shahrida qor o‘ynayotgan qizaloq ko‘chani qordan tozalovchi mashina haydovchisi e'tiborsizligi tufayli qor uyumi ostida qolib ketdi.

"Kecha, 4 fevral kuni soat 16:00da Roshinskaya ko‘chasida ekskavator haydovchisi ko‘chani qordan tozalash vaqtida ko‘chada o‘ynayotgan bolalardan biri ustiga qor uyumi tashlab, uni uyum ostida qoldirgan. Voqea joyiga yetib kelgan politsiyachilar haydovchining shaxsini aniqlashgan, u 31 yoshda bo‘lib, e'tiborsizlik tufayli ko‘chada o‘ynayotgan bolalar guruhidagi 11 yoshli qizchani qor ostida qoldirgan", deyiladi xabarda.

Politsiya ma'lumotiga ko‘ra, bu voqeadan keyin boshqa bolalar haydovchiga o‘z sheriklaridan biri qor ostida qolganini aytishgan va haydovchi qizaloqni qor ostidan chiqarib olgan. U bu vaqtda behush bo‘lgan. Tez orada tez tibbiy yordam mashinasi chaqirilgan va qizcha shifoxonaga olib ketilgan.

Ayni vaqtda haydovchi politsiya idorasiga olib ketilgan. Tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: