Rossiya Turkiyaga Suriyada turgan havo himoyasi tizimlarini unutmaslikni tavsiya qildi

Jahon 14:52 / 05.02.2016 9981

Rossiya mudofaa vaziri o‘rinbosari Anatoliy Antonov Turkiya havo hududini buzgani uchun Su-34 samolyoti urib tushirilganidan so‘ng Suriya hududida Rossiya havo hujumidan mudofaa guruhi yaratilganini eslatib o‘tdi, deb xabar beradi RIA Novosti agentligi.

“U Suriyada harbiy vazifalarni bajarayotgan Rossiya samolyotlariga nisbatan tug‘ilajak tahdidni oldindan aniqlash hamda zarur bo‘lganda parvoz xavfsizligini ta'minlash imkoniyati beradi”, - dedi zobit.

Shuningdek, u Turkiya aviatsiyasi Suriyada kampaniya boshlagan taqdirda Rossiya-AQSh memorandumiga to‘liq bo‘ysunishi lozimligini ta'kidlab o‘tdi.

Ko‘proq yangiliklar: