Rossiya Tojikistondagi 201-harbiy bazasidagi qo‘shini sonini qisqartirmoqchi, deb xabar bermoqda Reuters axborot agentligi.
Bu haqda Rossiya mudofaa vazirligi vakili ma'lum qildi.
"Qo‘shin soni oz miqdorda qisqartiriladi, biroq ularning istalgan vaziyatlarga tezlik bilan javob berish qobiliyati va harakatchanligi oshiriladi", deb aytdi vakil telefon orqali suhbatda.
Suhbatdosh aniq raqamlar va sanani keltirmadi.
Avvalroq Rossiya Tojikistondagi harbiy bazasi jangovor tayyorgarligini oshirgani ma'lum qilingandi.