Qozog‘istonning Aqto‘be viloyatida 91 yoshli nafaqaxo‘r shafqatsizlarda o‘ldirib ketildi. Bu haqda “Aktobe Tayms” ma'lumotiga tayanib Nur.kz xabar qildi.
Xabarda keltirilishi, 1 fevral kuni keksa nafaqaxo‘rning qo‘ng‘iroqlarga javob bermaganidan shubhalangan qarindoshlari uning uyiga borganida, uning jasadiga duch kelishadi. Qarindoshlarining so‘zlariga ko‘ra, uyda 2-3 ming tenge (taxminan 5,5 dollar) puldan boshqa mablag‘, boylik bo‘lmagan. Shuningdek, jinoyatchi qariyaning tilla zanjiri va kumush uzugini ham olib ketgan.
Kriminal politsiya zudlik bilan jinoiy ish qo‘zg‘atib, tez orada gumonlanuvchi shaxsni qo‘lga oldi. U Aqto‘bening muqaddam sudlangan 49 yoshli fuqarosi bo‘lib chiqdi. Surishtiruvlar mobaynida jinoyatchi o‘z aybiga to‘liq iqror bo‘ldi. Jinoyatchi muqaddam sudlangan bois umrbod qamoq jazosiga hukm qilinishi mumkin.