Prokuratura: pora berganlar pora olganlar bilan teng jazolanadi

O‘zbekiston 15:56 / 05.02.2016 21926

O‘zbekistonda pora berganlik uchun javobgarlik yanada kuchaytirildi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi SVOJJDLQK departamenti boshlig‘ining o‘rinbosari Baxtiyor Ibatov ma'lumot berdi.

“Ilgari pora bergan yoki vositachilik qilgan shaxs jinoiy harakatlarni sodir etganidan keyin istalgan vaqtda bu haqda o‘z ixtiyori bilan arz qilsa, chin ko‘ngildan pushaymon bo‘lib, jinoyatni ochishda faol yordam bergan bo‘lsa, javobgarlikdan ozod qilinardi, - uning so‘zlarini keltiradi “Darakchi” nashri.

– Endilikda bu muddat o‘ttiz sutka qilib belgilandi. Bu shuni anglatadiki, bundan buyon pora bergan yoki pora olish-berishda vositachilik qilgan shaxs o‘ttiz sutka ichida o‘z ixtiyori bilan arz qilsa, chin ko‘ngildan pushaymon bo‘lib, jinoyatni ochishda faol yordam bergan bo‘lsagina javobgarlikdan ozod etiladi. Agar o‘ttiz sutkadan keyin arz qilsa, pora bergan yoki vositachilik qilgan shaxsning o‘zi ham pora olgan shaxs kabi javobgarlikka tortiladi”.

Ko‘proq yangiliklar: