AQSh prezidenti Barak Obama 2017 yilgi byudjyetga neftning har 1 barreli uchun 10 dollar miqdorida soliq joriy etishni kiritishni taklif qilgan. Bundan maqsad ekologik toza transport sohasidagi loyihalarni qo‘llab-quvvatlash ekani aytilgan. Bu haqda Oq uydagi manbaga asoslangan holda Reyter agentligi xabar tarqatgan.
Taxmin qilinishicha, bu g‘oya AQSh kongressidagi respublikachilar ta'sirida bo‘lgan neft kompaniyalariga qiyinchiliklar tug‘dirishni nazarda tutadi.
2015 yilning oxirida AQSh prezidenti mamlakatdan xorijga neft sotishni taqiqlab qo‘ygandi.