Agar AQSh boshchiligidagi xalqaro koalitsiya Suriyada quruqlikdagi harbiy amaliyotlarni boshlasa, Saudiya Arabistoni ham bunday amaliyotlarda ishtirok etishi uchun o‘z harbiylarini jo‘natishga tayyorligi ma'lum qilindi. Bu haqda podshohlikning yuqori martabali harbiy amaldorlaridan biriga asoslanib, Reyter agentligi xabar tarqatgan.
Brifing chog‘ida AQSh Davlat departamenti vakili Jon Kirbi xalqaro koalitsiya o‘z hamkorlarining IShIDga qarshi barcha harakatlarini qo‘llab-quvvatlashini, ammo quruqlikdagi harbiy harakatlarni boshlash to‘g‘risida hali Saudiya Arabistoni tomonidan aniq taklif berilmaganini ma'lum qilgan.
"Men bu xabarga izoh berishni istamayman, hozircha uni o‘rganib chiqmadik ham", deydi u.