Noma'lum shaxslar BMTning Malidagi Timbuktu shahrida joylashgan bazasiga hujum uyushtirishgan.
Reyter agentligi ma'lumotiga ko‘ra, ayni vaqtda ham hududda otishmalar davom etmoqda.
Timbuktu - Mali markazidagi hudud shimolida joylashgan tarixiy shahar hisoblanib, bu shahar o‘z-o‘zini boshqaruvchi Azavad davlati poytaxti hisoblanadi. Azavad davlati mahalliy tuareglar qabilasi tomonidan tashkil etilgan. Ayni vaqtda bu davlat Malining jami hududlarining yarmidan ortiq qismida nazorat o‘rnatgan.