7 fevral kuni "Turkiston” san'at saroyida O‘zbekiston milliy simfonik, kamer va xalq cholg‘ulari orkestrlari jamoalari birlashmasi Milliy simfonik orkestrining konsert dasturi bo‘lib o‘tadi. Bu haqda birlashma matbuot xizmati xabar qildi.
Unda "Nihol” Davlat mukofoti sovrindori, ko‘plab xalqaro tanlovlar g‘olibi Aziz Shohakimov dirijyorlik qiladi.
Shuningdek, dunyodagi eng yaxshi skripkachilar beshtaligi ro‘yxatiga kirgan Sergey Krilov ishtirok etadi. Dasturda S.Yudakovning Xorazmcha bayram tantanasi hamda P.Chaykovskiyning skripka uchun yozilgan asarlari ijro etiladi. Orkestrning badiiy rahbari O‘zbekiston xalq artisti, professor Ismoil Jalilov.
Mazkur konsert "Turkiston” san'at saroyida kech soat 17:00 da boshlanadi