Hindiston janubida poyezd izidan chiqib ketishi tufayli 50 kishi jarohatlandi

Jahon 12:25 / 05.02.2016 2621

Hindiston janubida, Tamiland shtatidagi Kanyakumari va Bangalor shaharlari orasida qatnovchi poyezd izdan chiqib ketishi oqibatida kamida 50 kishi jarohatlangan. Bu haqda "Janubiy temir yo‘llar" kompaniyasi vakili Anil Saksenaga asoslangan holda TASS axborot agentligi xabar tarqatgan.

Huquqni muhofaza qiluvchi organlar ma'lumotlariga ko‘ra, avariya Patchur shahri yaqinida, qo‘shni Karnatak shtati bilan chegarada sodir bo‘lgan. Xabarlarda aytilishicha, poyezdning 11ta vagoni yo‘ldan chiqib ketgan. Shulardan to‘rttasi jiddiy zararlangan.

Voqea joyiga qutqaruvchi guruhlar yetib kelishib, jabrlanuvchilarni eng yaqin shifoxonaga eltishgan. Jarohatlanganlar orasidagi 6 kishining ahvoli jiddiyligi aytilgan.

Temir yo‘lda bu hodisa yuz berganidan 5 soat o‘tib, qatnovlar tiklangan.

Ko‘proq yangiliklar: