Google’ning qidiruv tizimiga sun'iy ong bo‘yicha mutaxassis boshchilik qiladi

Jamiyat 10:51 / 05.02.2016 1865

Google kompaniyasining qidiruv tizimi bo‘yicha vitse-prezidenti, kompaniyaga 2000 yilda kelgan Amit Singxal kompaniyadan ketishini e'lon qildi. "Bu zo‘r safar bo‘ldi! @google’dagi ajoyib 15 yil. Endi keyingi qadamni tashlash vaqti keldi", deb aytdi Google faxriysi.

"Men kompaniyada ishimni boshlaganimda bunday qisqa 15 yillik muddat ichida biz tugmachaga bosib, Google’dan istalgan narsa haqida so‘rab, javob olishimizni kim ham tasavvur qilgan bo‘lishi mumkin", deb yozdi Singxal Google+ ijtimoiy tarmog‘ida. Uning aytishicha, u xayriya ishlariga ko‘proq vaqt ajratmoqchi.

Singxal 1968 yilda Hindistonning Jxansi shahrida dunyoga kelgan, 1989 yilda Hindiston texnologiya institutida texnika fanlari bakalavri ta'lim darajasini olgan. Dasturchi o‘z o‘qishini AQShda davom ettirib, 1996 yilda Kornell universitetini tamomlagan. Singxal Google’ga 2000 yilda kelgan va bir yildan keyinoq internet-qidiruv tizimining martabalash (ranjirovaniye) algoritmlarini tubdan qayta o‘zgartirishga muvaffaq bo‘lgan hamda buning uchun kompaniya eng qimmatli va iste'dodli muhandislarga beradigan Google Fellow unvoni bilan taqdirlangan.

Singxalning lavozimini kompaniyadagi sun'iy ong bo‘yicha bosh mutaxassis Jon Jannandrea egallaydi. Metaweb Technologies hamta'sischisi bo‘lgan va Google’ga 2006 yilda uning kompaniyasi qo‘shilib olingandan keyin kelgan Jannandrea Smart Reply tizimiga (Gmail’da avtomatik tarzda javoblar yozuvchi pochta xizmati) hamda RankBrain o‘zi o‘rganuvchi qidiruv algoritmining ishlab chiqilishiga boshchilik qilgan.

Ko‘proq yangiliklar: