«Bayyer»ning meksikalik hujumchisi Xaver Ernandes (Chicharito) yanvar oyi yakunlariga ko‘ra, Germaniya chempionatining eng yaxshi futbolchisi deb tan olindi.
Unga bu borada «Verder»ning perulik hujumchisi Klaudio Pisarro, «Borussiya»ning burkino-fasolik hujumchisi Per-Emerik Obameyyang va «Bavariya»ning polshalik hujumchisi Robert Levandovski asosiy raqobatchilar bo‘lishdi.
O‘tgan oyda 27 yoshli hujumchi bundesliga doirasida ikkita o‘yinda maydonga tushgan va ikkita gol urgan. Unga muxlislarning 63 foizi ovoz berishgan.
Player of the Month for January? VOTE NOW! @CH14_ @Aubameyang7 @lewy_official @pizarrinha https://t.co/58sAcFJQGy
— Bundesliga (@Bundesliga_EN) 31 yanvarya 2016
Chicharito 2015 yilning noyabr va dekabr oylarida ham muxlislar tomonidan eng yaxshi futbolchi sifatida tan olingan edi.
Xaver Ernandes joriy mavsum Germaniya chempionatining 16 o‘yinida 13ta gol kiritib, bitta golli uzatmani amalga oshirgan. Eslatib o‘tamiz, u mavsum boshlanishi oldidan «Manchester Yunayted»dan «Bayyer»ga o‘tgan edi.
Chicharito ketma-ket ikkinchi marta Bundesligada oyning eng yaxshi futbolchisi deb topildi
Chicharito "MYu"dan kim tufayli ketishga majbur bo‘lgani haqida aytib berdi. Uni yig‘latishgan