Buyuk Britaniya hukumati BMTning WikiLeaks asoschisi Julian Assanjning ta'qib qilinishini asossiz deb topgan ishchi guruhining qaroriga e'tiroz bildiradi, deb xabar bermoqda Reuters agentligi.
“Bu hech narsani o‘zgartirmaydi, - dedi hukumat vakili agentlik bilan muloqot chog‘ida. – Julian Assanj adolatsiz hibs qurboni ekanligi borasidagi fikrni butunlay inkor qilamiz. Britaniya BMTga ishchi guruhning qaroriga rasman e'tiroz bildirishini tushuntirdi”.