Buxorodagi avtotransport korxonasi Samarqandda ishlab chiqarilgan 12ta Isuzu avtobusini sotib oldi

Jamiyat 10:45 / 05.02.2016 3830

Buxoro viloyatida bir necha yillardan beri aholiga namunali avtotransport xizmati ko‘rsatib kelayotgan “Alixon trans servis” MChJ tomonidan Samarqand avtobus zavodida ishlab chiqarilgan 12 dona Isuzu rusumli avtobuslar olib kelindi.

“Agro bank” Buxoro shahar filialining 960 mln so‘mlik kredit mablag‘lari evaziga xarid qilingan avtobuslar aholining uzog‘ini yaqin qilish uchun Buxoro shahridagi 35-sonli “Sharq bosh bekati - 6-kichik noxiya” yo‘nalishiga joylashtirildi", deyiladi O‘zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi Axborot xizmati xabarida.

Buning natijasida esa 12 kishilik yangi ish o‘rinlari malakali haydovchilar bilan to‘ldirilib, aholiga namunali avtotransport xizmati ko‘rsatilmoqda.

“Alixon trans servis” MChJ yo‘lovchilarni shaharda avtobuslarda tashish huquqini beruvchi bosh litsenziyaga ega.

"Faqat ushbu ishlar bilan cheklanibgina qolmasdan, yaqin kunlarda korxona tomonidan yana 13ta ana shunday zamonaviy avtobuslar olib kelishni rejalashtirib qo‘yganmiz", - deydi korxona rahbari B.Yaxshiyev.

Ko‘proq yangiliklar: