Ben Stiller eng uzun selfi tayoqchasi bilan Ginness rekordlar kitobiga kirdi

Jamiyat 17:21 / 05.02.2016 5073

Aktyor Ben Stillerning selfi tayoqchisi shu turdagi eng uzun qurilma sifatida Ginnessning rekordlar kitobidan o‘rin oldi.

The Telegraph nashri bergan xabarga ko‘ra, aktyor «Namunali erkak 2» (Zoolander 2) filmining Londondagi premerasidan keyin 8,5 metrli tayoqcha yordamida boshqa yulduzlar bilan birga suratga tushgan.

Premera paytida Ginnes rekordlari kitobi vakili ham ishtirok etgan va Stillerga rekordni rasmiy qayd etilgan to‘g‘risidagi sertifikatni topshirgan.

Ma'lumot uchun, 2016 yil 12 fevral kuni ekranlarga chiqadigan kartinada Jastin Biber, Ouen Uilson, Penelopa Krus, Kane Uest, Kim Kardashyan, Naomi Kempbell va Kara Delevin kabi yulduzlar suratga tushishgan.

Ko‘proq yangiliklar: