Argentinaning Euromericas Sport Marketing tahliliy kompaniyasi mutaxassislari kelgan xulosaga ko‘ra, futbol hajmi jihatidan jahonning 12-iqtisodiyotidir. Rambler News Service portalining ma'lum qilishicha, global futbol bozorining hajmi 700 mlrd dollarni tashkil qiladi.
Bor-yo‘g‘i 30ta davlat iqtisodiyotining hajmi jihatidan futbol bilan tenglasha oladi. Kelajakda bu ko‘rsatkichning o‘sib borishi kutilmoqda.