Sud Amerikaning Apple korporatsiyasiga patentlar egasi hisoblangan VirnetX kompaniyasiga uning texnologiyalaridan noqonuniy foydalangani uchun 625,6 million dollar to‘lash majburiyatini yukladi. Texas shtatida bo‘lib o‘tgan sud vaqtida federal hakamlar shunday qarorga kelishdi, deya xabar bermodqa TASS.
Surishtiruv natijalarida Apple VirnetX egalik qilayotgan bir qator patent huquqlarini buzgani aniqlandi. Jumladan, sud ma'lumotiga ko‘ra, Kaliforniyadagi korporatsiya FaceTime videoqo‘ng‘iroqlar uchun ilova yaratishda va iMessage lahzalik xabar almashinuv xizmatini ishlab chiqishda VirnetX`ga tegishli bo‘lgan intellektual mulklardan ijozatsiz foydalangan.
VirnetX Apple`ga nisbatan da'vo arizasini bir necha yil muqaddam taqdim etgan edi. 2012 yilda bo‘lib o‘tgan sud kompaniya shikoyatini haqqoniy deb topib, Apple`ga 368 million dollar to‘lash to‘g‘risida hukm chiqargan. Ammo appelyatsion sud keyinroq ushbu hukmni to‘xtatdi. Apple mazkur hukm yuzasidan norozilik shikoyatiga tayyorgarlik ko‘rayotganini ma'lum qilgan edi.