AQSh razvedkasi IShIDning zaiflashganini qayd etdi

Jahon 09:05 / 05.02.2016 7128

Amerikalik razvedkachilar IShID pozitsiyalari kuchsizlashganini qayd etishgan. Bu haqda Reyter agentligi xabar tarqatgan.

2014 yilda Iroq va Suriyadagi jangarilar miqdori 20-31 ming atrofida bo‘lgani qayd etilgandi, yangi hisobotda esa bu miqdor 19-25 ming nafar atrofida ekani ko‘rsatilgan.

Oq uy vakili Josh Ernestning xabar qilishicha, IShIDning yo‘qotishlari AQSh boshchiligidagi xalqaro koalitsiya harbiylarining quruqlikda olib borgan harbiy amaliyotlari bilan bog‘liq. Ernest havo hujumlarining ham muvaffaqiyatli va samarali harakatlarini qayd etib, o‘tgan yilda jangarilarning nuqtalariga jami 10 ming martadan ortiq havo zarbalari berilgan.

Qayd etilishicha, IShID o‘z safiga xorijdan odamlarni yollashi ham qiyinlashgan, barcha davlatlar bu muammoning oldini olishda kerakli choralarni amalga oshirishayotgani qayd etilgan.

Ko‘proq yangiliklar: