Antarktida qit'asida ilk marta xitoylik ayol shaxmatchi Xou Ifan va chililik Kristobal Enrikes o‘rtasida shaxmat bo‘yicha xalqaro darajadagi o‘yin o‘tkaziladi.
"Shaxmat tarixida hali bunaqasi bo‘lmagandi", deya bu xabarni tasdiqlagan Xalqaro shaxmat federatsiyasi vitse-prezidenti Beatris Marinello.
Bu marosim Magellan bo‘g‘ozi ochilganiga 500 yil to‘lishi munosabati bilan Chilining Antarktidadagi bazasida 6 yoki 7 fevral kunida bo‘lib o‘tishi kutilmoqda. Interfax xabariga ko‘ra, hududda havoning o‘zgarishiga qarab kun tanlanadi.
Jahon shaxmat toji uchun uchrashuv 2016 yilning noyabrida AQShda o‘tkaziladi