2015 yilda Toshkent viloyatida 2 trln 700 mlrd so‘m va 532 mln dollarlik investitsiyalar o‘zlashtirildi

O‘zbekiston 10:12 / 05.02.2016 3353

4 fevral kuni Xalq deputatlari Toshkent viloyati kengashining navbatdan tashqari sessiyasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov o‘tgan 2015 yilda viloyatda yalpi hududiy mahsulot 6,7 foizga, sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish 11 foiz, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari 7 foizga, xizmat ko‘rsatish sohasi 13 foizdan ziyod o‘sgani, eksport bo‘yicha prognoz ko‘rsatkichi bajarilganini ta'kidlab o‘tdi.

Ma'ruzada keltirilishicha, Toshkent viloyatining sanoat sohasidagi salohiyatini izchil rivojlantirish dasturiga asosan keyingi uch yilda 1 ming 50 ta loyiha amalga oshirildi. Shu asnoda 2 trillion 700 milliard so‘m va 532 million dollar miqdorida investitsiyalar o‘zlashtirilib, 30 mingga yaqin yangi ish o‘rni yaratilgani biz uchun ayniqsa muhimdir. Shular qatorida Toshkent issiqlik elektr stansiyasida 370 megavatt energiya ishlab chiqarish quvvatiga ega bo‘lgan, tabiiy gazni ikki barobar kam sarflaydigan bug‘-gaz qurilmasi barpo etilganini qayd etish zarur.

Bu ishlarimizning davomi sifatida hozirgi vaqtda tog‘-kon sanoati, kimyo va neft-kimyo sanoatida qiymati 2 milliard 558 million dollarlik 26 ta loyiha amalga oshirilmoqda. Shuningdek, Chirchiq shahridagi “Ammofos-Maksam” korxonasida mineral o‘g‘itlar ishlab chiqarish jarayonini modernizatsiya qilish va yangi ishlab chiqarish quvvatlarini tashkil etish maqsadida umumiy qiymati 136 million dollardan ziyod 3 ta loyihani joriy yilda amalga oshirish mo‘ljallanmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: