2015 yilda Toshkent viloyatida 2 million tonnadan ortiq sabzavot, 200 ming tonnadan ziyod meva yetishtirildi

O‘zbekiston 10:45 / 05.02.2016 1910

2015 yili viloyatda 2 million tonnadan ortiq sabzavot, 400 ming tonna kartoshka, 200 ming tonnadan ziyod meva, qariyb 170 ming tonna uzum yetishtirildi. Bu haqda 4 fevral kuni bo‘lib o‘tgan Xalq deputatlari Toshkent viloyati kengashining navbatdan tashqari sessiyasida ma'lum qilindi.

O‘zA xabarida keltirilishicha, viloyatda so‘nggi uch yilda 74 ming gektar yerning meliorativ holati yaxshilandi, 4 ming 500 gektar maydonda intensiv bog‘lar barpo etildi, dehqonchilikka yangi texnika va texnologiyalar, serhosil ekin navlari izchil joriy etilmoqda.

“Fursatdan foydalanib, viloyatning dehqon va fermerlariga, barcha mehnatchilariga o‘z nomimdan, xalqimiz nomidan chuqur minnatdorlik bildirib, bu yil ham hosilingiz mo‘l bo‘lsin, omadingizni bersin, deb ezgu tilaklarimni izhor etishga ijozat bergaysiz”, - dedi unda ishtirok etgan mamlakatimiz prezidenti Islom Karimov.

Majlisda bugungi kunda Toshkent viloyatida qishloq xo‘jaligi rivojini yangi bosqichga ko‘tarish, paxta maydonlari hajmini kamaytirish hisobidan oziq-ovqat mahsulotlari yetishtirishni yanada ko‘paytirish, fermer xo‘jaliklarini optimallashtirish, qayta ishlash sohasidagi mavjud rezervlarni ishga solish muhim vazifa bo‘lib turganiga urg‘u berildi.

Ko‘proq yangiliklar: