Yaponiyaliklar tetraneytron ochishdi

Fan-texnika 20:19 / 04.02.2016 4182

Yaponiyaning Fizik-kimyoviy tadqiqotlar instituti fiziklari tetraneytron – 4 ta neytrondan tashkil topgan rezonans zarrani aniqlashganini ma'lum qilishdi. Olimlar tadqiqot natijalarini Physical Review Letters jurnalida chop etishdi.

Yangi zarraning energiyasi taxminan 0,83 megaelektronvoltga teng. Rezonans (qisqa vaqt yashovchi nobarqaror adron zarra) yuqori energiyali izotop geliy-8 bilan tajribalar o‘tkazish davomida aniqlangan. Geliy-8 parchalanishi oqibatida hosil bo‘lgan mahsulotlardan biri tetraneytron bo‘ldi.

Olimlar zarraning energiyasi juda kichik bo‘lgani sababli uni bevosita ko‘ra olishmagan. Biroq fiziklar saqlanish qonunlari yordamida tajribalar davomida tetraneytronning vujudga kelishini ko‘rsatishga muvaffaq bo‘ldilar. Olimlar hammasi bo‘lib yangi rezonans holatlar bilan bog‘liq 4 ta holatni qayd qilishdi.

O‘tkazilgan tajribada statistik muhimlik 4,9 standart og‘ishni tashkil qildi. Elementar zarralar fizikasida ixtiro agar uning statistik muhimligi 5 standart og‘ishdan kam bo‘lmasa (bunda xatolik ehtimoli taxminan 0,00005 foizga teng bo‘ladi) qayd etiladi.

Olimlar tomonidan olib borilgan ishlar yangi rezonans borligining eng ishonchli dalillari hisoblanadi. Avvalroq fiziklar Kandagi Og‘ir ionlarning milliy tezlashtirgichida tetraneytronni aniqlashgandi, biroq ularning tajribalarida ma'lumotlar noto‘g‘ri tahlil qilingandi.

Ko‘proq yangiliklar: