"Toshshahartransxizmat" kompaniyasining matbuot xizmati ma'lum qilishicha, yaqin kunlarda shahar bo‘ylab harakatlanadigan 51- va 28-yo‘nalish avtobuslari ham Wi-Fi bilan ta'minlanadi.
"Ushbu internet-xizmat yo‘lga qo‘yilgan har bir avtobus eshiklariga maxsus e'lon yopishtiriladi, unda avtobusda Wi-Fi borligi haqida axborot beriladi. Foydalanuvchilar o‘z mobil qurilmalarida mavjud tarmoq nomini ko‘rishlari va unga mutlaqo bepul ulanishlari mumkin", deyiladi kompaniya xabarida.
Kompaniya jamoat transportlarida 4G LTE texnologiyalari asosida yangi internet-xizmatlarni ham taqdim etishni rejalashtirgan.
Bundan oldinroq, "Toshkent" vokzalidan "TTZ" bozoriga qadar qatnovchi 14-yo‘nalishdagi avtobuslar Wi-Fi bilan ta'minlangani haqida xabar berilgan edi.