Sloveniyaning "Domjale" jamoasi ispaniyalik Alvaro Braxi bilan LinkedIn ijtimoiy tarmog‘i yordamida bitim tuzdi. Jamoa bosh murabbiyi Luka Elsner ushbu saytda "hujumkor o‘ng qanot himoyachisi" qidirayotgani haqida e'lon bergan. Shundan so‘ng bir qancha nomzodlar orasida Braxi tanlab olingan.
"Domjale"ning byudjyeti katta emas, bizda yangi futbolchi sotib olish uchun mablag‘ yetarli emas. Lekin bizga zaxira futbolchisi kerak edi, biz esa Sloveniyadan talablarimizga javob beradigan futbolchi topa olmadik. LinkedIn tarmog‘iga murojaat qilish murabbiyning g‘oyasi. Biz ham buni yaxshi g‘oya sifatida qo‘llab-quvvatladik. Natijada, bir qancha nomzodlarni ko‘rikdan o‘tkazdik va yakunda Braxi nomzodida to‘xtaldik. Bir haftalik sinovdan keyin u bilan bitim imzolandi", deya ma'lum qilgan jamoaning jamoatchilik bilan ishlash bo‘limi direktori Greg Krmavnar.
Braxi ayni vaqtda 30 yoshda. Uning futbolchilik faoliyatidagi oxirgi jamoasi "Videoton" bo‘lib turgandi. U bu jamoada 4 mavsum davomida to‘p surgan, 2014-15 yilgi mavsumda 7ta uchrashuv o‘tkazgan, lekin mavsum oxirida u bilan shartnoma uzaytirilmagandi.