Qirg‘izistonning davlat qarzi 3,7 mlrd dollarni tashkil qilmoqda

Iqtisodiyot 22:02 / 04.02.2016 4266

Qirg‘izistonning davlat qarzi 3,7 mlrd dollarni tashkil qilmoqda. Bu haqda matbuot-anjumanida Qirg‘iziston moliya vaziri Odilbek Qosimaliyev ma'lum qildi.

Qosimaliyevning aytishicha, davlat qarzining 94 foizi tashqi qarzlarga to‘g‘ri keladi. 2015 yil 30 noyabrda tashqi qarz 3 mlrd 491 mln dollar yoki 264 mlrd 987 mln qirg‘iz somini tashkil qilgan. Mamlakatning ichki qarzi esa 204 mln dollarni tashkil qilmoqda.

2015 yilda dollar kursining oshishi sababli Qirg‘izistonning davlat qarzi bo‘yicha to‘lovlari 345,2 mln somga ko‘paygan. Moliya vazirligi tashqi qarzning yalpi ichki mahsulotga nisbatan maksimal chegarasining oshishi mumkinligini aytmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: