Muqaddas Sa'dullayeva nega eng yaxshi do‘sti Shahzoda Muhammedova ekanligini aytdi

Jamiyat 16:22 / 04.02.2016 17805

Aktrisa Muqaddas Sa'dullayeva “Bekajon” nashriga bergan intervyusida hamkasbi Shahzoda Muhammedova bilan yaqin dugona ekanligini ta'kidlab, u haqda iliq fikrlar aytib o‘tdi.

“Shahzoda juda mehribon, oqko‘ngil. Farzandli bo‘lganimdan so‘ng tez-tez holimdan xabar olib turdi. Bu borada u bilan yanada yaqin bo‘lib qoldik”, - dedi u.

Bundan tashqari, u Shahzoda ijodiy faoliyatda ham dugonalikni oqlaganini ko‘rsatuvchi bir voqeani so‘zlab berdi: “Bir safar yangi filmda suratga tushish uchun meni rolga tasdiqlashganidan so‘ng oyog‘imdan jarohat oldim. Aksiga olib, kinoning ayrim sahnalari xorijda suratga olinishi kerak edi. O‘sha kunlarda xorijga ketish uchun hujjatlarni tasdiqlash payti edi. Shunda rejissyorimiz Shahzodaga men ijro etishim kerak bo‘lgan rolni taklif qilganida u: “Dugonamning ishini undan tortib ololmayman. Rolga u tasdiqlanganmi, o‘zi ijro etsin. Oyog‘i lat yegan bo‘lsa, tuzalishini kutinglar”, deb javob qaytargan. Bundan juda xursand bo‘ldim, Ilohim, munosabatlarimizga ko‘z tegmasin”.

Ko‘proq yangiliklar: