Kia orqa uzatmali ikkinchi sedanini yaratadi

Fan-texnika 17:24 / 04.02.2016 2638

Kia kompaniyasi o‘zining ikkinchi orqa uzatmali sedanini yaratmoqchi; hozircha avtoishlab chiqaruvchining orqa o‘qqa uzatma o‘rnatilgan yagona sedani Quoris’dir. CK zavod indeksi bilan yuritilayotgan modelning ishlab chiqarilishi 2017 yil mayidan boshlanadi. Bu haqda o‘z manbalariga tayangan holda Reuters agentligi xabar bermoqda.

Yangi model vositasida Janubiy Koreyaning yetakchi kompaniyasi yosh mijozlar uchun sport avtomobillari ishlab chiqaruvchi sifatidagi nufuzini mustahkamlamoqchi. Rejaga muvofiq, yangi sedan yiliga 60 ming adadda sotilishi kerak.

Yangi model BMW 4-Series va Audi A5ga raqobatchi bo‘lishi taxmin qilinmoqda. Sedanning motor gammasi 2.0, 2.2 va 3.0 l li dvigatellardan iborat bo‘ladi. Model Kia kompaniyasining Seul yaqinidagi korxonasida yig‘ilishi aytilmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: