Talsdagi (Oklaxoma shtati) Oral Roberts nomli universitet rahbariyati talabalar uchun o‘ziga xos talab joriy qildi. Endilikda barcha o‘quvchilar yurak urishi va jismoniy faollik datchiklari bilan ta'minlangan fitnes-bilaguzuklarga ega bo‘lishi lozim.
Talabalarning jismoniy harakatlari haqidagi barcha ma'lumotlar o‘qituvchilarga yetkaziladi. Talabaning semestr davomidagi faolligi uning jismoniy tarbiya bo‘yicha baholariga ta'sir qiladi.
Bugungi kunda barcha birinchi kurs talabalari bilaguzuklar bilan ta'minlandi. Yaxshi baholar olish uchun talabalar kuniga 10 ming qadam yurishi, haftasiga 2.5 soat jismoniy mashqlar qilishi kerak bo‘ladi.