Amerikalik uysiz xavfli jinoyatchilarni tutib bergani uchun 50 ming dollar bilan taqdirlandi. San-Frantsiskoda yashovchi Metyu Xey-Chapmen huquq-tartibot xodimlariga qamoqdan qochgan mahbuslarni tutishda yordam bergan, deb yozmoqda The San Francisco Chronicle.
Aytilishicha, uning tashqi qiyofani eslab qolishi qobiliyati yuqori darajada bo‘lib, jinoyatchilarni osonlik bilan topa olgan. Jinoyatchilarning tashqi qiyofasini erkak politsiya e'lon qilgan suratlardan bilib olgan.
Qochoqlarni tutish uchun politsiya va FQB va'da qilgandi. Chapmen olingan pullar bilan yangi hayot boshlashini, bolalari va nabiralariga yordam berishini aytmoqda.