Gollivud aktrisasi Naomi Uotts Uelsdagi Anglsi shahri sharafini himoya qiladigan "Glantret" jamoasi faxriy prezidenti bo‘lishga rozilik berdi. Bu haqda Dispensable Soccer xabar qilgan.
Ma'lum bo‘lishicha, angliyalik aktrisaning bolaligidagi 3 yil Anglsi shahrida o‘tgan. "Glantret" jamoasi menejyeri Stan Striklend aktrisaga shu taklifi bildirilgan maktub yo‘llagach, tez orada rozilik javobi bitilgan maktub olgan.
Aktrisaning tan olishicha u bu taklifdan juda hayratlangan.
Tez orada Uottsning nomi jamoaning rasmiy sayti va jamoa o‘yinlari afishalarida paydo bo‘lishi kutilmoqda.
Ma'lumot uchun, "Glantret" Uelsdagi uchinchi divizionda ishtirok etadigan jamoa bo‘lib, 2015 yilning yoziga qadar 20 yil davomida bu jamoani Bakley gersogi ser Jorj Meyrik boshqargandi.
Naomi Uotts 2001 yilda katta ekranlarga chiqqan "Malxolland drayv" filmi orqali mashhurlikka erishgandi. Ayni vaqtda 47 yoshli bu aktrisaning filmografiyasida "Elli Parker", "King-Kong", "Berdmen" kabi kartinalar ham bor.