Qo‘rg‘on va Tyumen viloyatlari bo‘yicha Rossiya Federal xavfsizlik xizmati Chegara boshqarmasi xodimlari “Petuxovo” o‘tkazish punktida Qozog‘istondan avtomashinada 25.6 kg geroin olib kelayotgan Qirg‘iziston fuqarosini qo‘lga oldi. Bu haqda federal xizmatning jamoatchilik bilan aloqalar markazi xabar bermoqda.
Haydovchi va aniqlangan giyohvand modda Qo‘rg‘on viloyat boshqarmasiga topshirilgan. Voqea yuzasidan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.