Migrantlar Yevropada ikki yil ishlay olmaydi

Jahon 17:01 / 02.02.2016 3188

Germaniyaning Mehnat va ijtimoiy siyosat vaziri Andrea Nalesning so‘zlariga ko‘ra, qochoqlarga mamlakatdagi ijtimoiy hayotga moslashishlari va jamiyatga to‘liq kirishib ketgunlariga qadar davlat tomonidan ma'lum miqdorda moddiy yordam beriladi. Ular Germaniyalik barcha fuqarolar kabi mamlakat qonun-qoidalarini o‘rganib borishlari zarur. Shuningdek, migrantlar imkoniyatga qarab davlat tilini o‘zlashtirishlari va shundan so‘ng, ishga joylashishlari maqsadga muvofiq.

Amaldorning fikricha, mamlakatdagi migrantlar ikki yillik integratsion o‘quv kurslari yakunlangach, o‘zlariga munosib ish qidirishlari mumkin bo‘ladi.

Ko‘proq yangiliklar: