Madridning «Real» klubi bosh murabbiyi Zinedin Zidan Ispaniya chempionatining «Espanol»ga qarshi (6:0) uchrashuvidan keyin o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
«Bu bizning eng yaxshi o‘yinimizmi, yo‘qmi buni bilmayman, lekin men to‘liq qoniqish hosil qilmoqdaman. Aynan o‘zgarish kuzatilganiga ishonchim komil emas, biroq qaysidir o‘rinlarda biz boshqacharoq o‘ynay boshladik. Biz normal holatga keldik.
Bizning vazifamiz — har bitta uchrashuvda iloji boricha yaxshi natija ko‘rsatish va mavsum oxirida chempionlik uchun imkoniyatga ega bo‘lish. «Barselona» bilan oradagi farq 4 ochkodan 7 ochkogacha oshgan taqdirdayam (kataloniyaliklarda bitta o‘yin zaxirada bor – Kun.Uz) oxirigacha olg‘a borishga harakat qilamiz. Vaziyat oson emas, ammo biz o‘zimiz uchun zarur bo‘lgan sovrinni qo‘lga kiritish uchun bor imkoniyatni ishga solishimiz kerak. Ha, albatta bu qiyin bo‘ladi, biroq ilojsiz narsaning o‘zi yo‘q», deya gapirib o‘tgan Zidan.