Ukraina bosh vaziri Arseniy Yatsenyukning so‘zlariga qaraganda, mamlakat armiyasida shartnoma asosida 140 ming kishi xizmat qilmoqda. Bu haqda “112 Ukraina” kanali xabar bermoqda.
Uning so‘zlariga qaraganda, har kuni qurolli kuchlar tarkibiga 200 atrofidagi xizmatchi kelmoqda. Bu, bosh vazirning tan olishicha, oylik maoshning oshirilishi bilan bog‘liq. “Aynan yanvar oyidan boshlab, aytaylik, o‘qchi uchun pul to‘lovi mudofaa vazirligi tomonidan 7 ming grivnaga oshirilishi munosabati bilan bizda professional shartnoma ishchilarining soni oshdi”, - dedi Yatsenyuk.
Shuningdek, hukumat rahbari moliya vazirligi, IIV va boshqa huquq-tartibot idoralariga chegarachilarning maoshlarini oshirish masalasini ko‘rib chiqish haqida ko‘rsatma berganini aytdi.