WSJ: Janubiy Koreya eksporti yetti yillik eng kam qiymatga tushib ketdi

Iqtisodiyot 14:48 / 01.02.2016 3050

Janubiy Koreya eksporti 2016 yilning yanvarida 2014 yilning xuddi shu davriga nisbatan 18,5 foizga pastlab, 36,74 milliard dollarni tashkil etdi, deya xabar bermoqda The Wall Street Journal nashri mamlakatning Savdo, sanoat va energetika vazirligi ma'lumotlariga tayangan holda.

Bu 2009 yildan buyon birinchi marta eng quyi pastlash bo‘ldi. Qayd etilishicha, mazkur ko‘rsatkich 13- oydirki, ketma-ket pastlab bormoqda.Import hajmi esa 2015 yilning birinchi oyida 20,1 foizga pastlab, 31,42 milliard dollarni tashkil etdi. Tahlilchilar o‘rtacha pastlashuvni eksportda 12,3 foiz, importda esa 18,6 foiz bo‘lishini bashorat qilgan edi.

Mazkur ko‘rsatkichlar Xitoy iqtisodiyotidagi sekinlashuv hamda neft narxining tushishi dunyo bozoridagi vaziyatning yomonlashuviga ham olib kelishi mumkinligini ko‘rsatadi, deyiladi xabarda.

Ko‘proq yangiliklar: