WhatsApp internet-kompaniyasi smartfonlar uchun o‘zining ommaviy messenjeri WhatsApp’ni yangilash ustida katta ish olib bormoqda. Bu yangilanish doirasida dastur 50 ta yangi funksiya va imkoniyat bilan ta'minlanadi.
Vaziyatdan xabardor xorijiy manbalarning ma'lum qilishicha, dasturning 2.12.14 indeksi bilan chiqadigan yangi versiyasi ustida bir oydan beri ish olib borilmoqda.
Dasturchilar messenjer foydalanuvchilarining barcha istaklarini inobatga olib, messenjerda avval bo‘lmagan yangi funksiyalarni qo‘shishmoqda.
Barcha funksiyalar birdaniga tatbiq qilinmaydi, balki messenjer uchun kichikroq qo‘shimchalar chiqishi bilan paydo bo‘lib boradi.
Bu funksiyalar orasida WhatsApp’ning iOS operatsion tizimi uchun boshqa dasturlar bilan uyg‘unlashishi, ichki brauzer, turli formatdagi hujjatlarni ko‘rish imkoniyati, shikastlangan fayllarni tiklash, bir qator vizual o‘zgarishlar eng muhimlari bo‘ladi.
Bundan tashqari, WhatsApp yangilangandan keyin unda messenjerga har yillik pullik obuna bo‘lish haqidagi barcha eslatmalar yo‘qoladi. Bu to‘lov yanvar o‘rtalaridan bekor qilindi va messenjer mutlaq bepulga aylandi, biroq hozircha to‘lovni amalga oshirish zarurligi haqidagi eslatmalar hamon chiqib turibdi, deb yozmoqda vistanews.ru.