2016 yilning 31 yanvarida 2015 yilda berilgan ruxsatnomalar muddatining tugashi munosabati bilan Rossiya transport vositalari Turkiya orqali yuk olib o‘tishi mumkin bo‘lmaydi. Bu haqda Xalqaro avtomobil tashuvchilar uyushmasi xabar bermoqda.
“Shu paytga qadar Turkiya tomonidan 2016 yil uchun kelishuvlar imzolanmadi. Ayni vaqtda Rossiya transport vazirligi masalani hal qilish ustida ishlamoqda”, - deyiladi xabarnomada. 2015 yil dekabrida Rossiya transport vaziri Maksim Sokolov yuk yetkazish bo‘yicha ikki tomonlama kelishuvlar to‘rt barobarga qisqarishini ma'lum qilgandi.